"Bavariya"ning sport boshqaruvida ishlayotgan Maks Eberl "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:4) OAVga keskin javob qaytardi.
Myunxenliklar himoyaviy o‘ynagani uchun tanqid qilindi, ammo Eberl bunday gaplarga qarshi chiqdi.
"Murabbiylik lisenziyasini oling - siz yaxshiroq ish qilasiz", deb javob beradi funksioner jurnalistga. “Gol o‘tkazib yuborganimizda himoyani ayblash oson.
Siz aynan shu narsani xohlaysiz - kelishmovchilikni keltirib chiqarish. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz", - deya Eberlning so‘zlarini keltiradi Patrik Shtrasser.