“Atalanta” Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida “Seltik” himoyasini yorib o‘ta olmadi, uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
"Seltik" bosh murabbiyi Brendan Rojers uchrashuv natijalaridan qoniqish hosil qilganini yashirmadi - uning so‘zlariga ko‘ra, u shu natijaga umid qilgan.
"Biz 7 ta gol o‘tkazib yuborilgan "Borussiya"ga qarshi bahsdan yaxshi saboq oldik. Jamoaga hech qanday holatda o‘sha vaziyatlarni takrorlamasligimiz kerakligini aytdim.
Italiya futbolidagi eng hujumkor jamoaga qarshi bahs olib bordik. Biz darvozani daxlsiz saqlab qola oldik", - deya Rojersning so‘zlarini keltiradi calcioatalanta.it.