"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Erik ten Xagning iste’fosi haqida ko‘proq o‘ylamoqda.
Niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa mavsumning birinchi yarmida omadsizlikka uchrayapti. Todofichajes jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, "mankunianliklar" uchun asosiy nomzod avval "Barselona"da ishlagan ispaniyalik mutaxassis Xavi Ernandes hisoblanadi.
Ayni paytda murabbiy jamoasiz qolgan.
"Ko‘k-anorranglilar" vakillari allaqachon murabbiyning vakillari bilan muzokaraga kirishgan.