"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella jamoasining Chempionlar ligasi doirasidagi "Yang Boyz" ustidan qozonilgan g‘alabasi (1:0) haqida fikr bildirdi.
"Bu ochiq o‘yin bo‘ldi. Biz boshida imkoniyatlarimizdan unumli foydalana olmadik, keyin esa raqiblarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi. Chempionlar ligasida oson o‘yinlar bo‘lmaydi.
Agar siz o‘zingizni o‘yinni boshqarayotgandek his qilsangiz, ishlar murakkablashishi mumkin. Zaxira futbolchilari ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi.
Kuboklar va chempionliklar shu tarzda qo‘lga kiritiladi. Xarakter ko‘rsatdik va uch ochko uchun oxirigacha kurashdik. Bu g‘alaba bizga ishonch bag‘ishlaydi", - dedi Barella Sky Sports nashriga.