Yozua Kimmix Chempionlar ligasida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.
"Bavariya" Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turida kataloniyaliklarga safarda mag‘lub bo‘ldi (1:4).
"Katta mag‘lubiyat. Uchrashuvni yomon boshladik, ammo keyin hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik va ikkinchi golni o‘tkazib yuborgunimizcha o‘yinni nazorat qildik, bu mening fikrimcha, Fermin Lopesning Kim Min-jega qo‘polligi oqibati edi.
Tanaffusga qadar uchinchi golni o‘tkazib yubordik, bu bizga zarar keltirdi. Biz biroz sabr va nazoratni yo‘qotdik.
Biz xatolarga yo‘l qo‘ydik va "Barselona"ga bosimdan qochish osonroq bo‘ldi, natijada gollar keldi.
O‘ylaymanki, 1:4 hisobi o‘yinning borishini hisobga olsak, umuman olganda adolatsiz, ammo biz mag‘lubiyatga loyiq edik", - dedi “Bavariya” yarim himoyachisi.