Manuel Noyer Chempionlar ligasida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.
"Bavariya" Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turida kataloniyaliklarga safarda mag‘lub bo‘ldi (1:4).
"Ikkala jamoa ham tavakkalchilik bilan harakat qilishdi, shuning uchun xatolar va o‘zgarishlar bo‘ldi.
Biz xatolarga yo‘l qo‘ydik, yarim himoyada faolroq va tajovuzkor bo‘lishimiz kerak, chunki "Barselona"ning hujumida Rafinya kabi tezkor futbolchilar bor. Bugun bu yetarli emas edi.
Shuni ham aytish kerakki, "Barsa" biz hozirgacha to‘qnash kelgan jamoalarga qaraganda ancha shiddatli o‘ynaydi", - dedi "Bavariya" darvozaboni.