"Barselona" vingeri Rafinya Dias bu mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
Chorshanba kuni braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya" bilan o‘yinda (4:1) xet-trik qayd etdi.
27 yoshli futbolchi mavsum davomida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘rtacha hisobda, "ko‘k-anorranglilar" hujumchisiga bitta samarali harakatni amalga oshirish uchun atigi 63 daqiqa kerak bo‘ldi.
Rafinya joriy Chempionlar ligasida uchta o‘yinda to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.