"Barselona" vingeri Rafinya Dias "Bavariya" bilan (4:1) Chempionlar ligasi o‘yinidagi o‘yinini yuqori baholadi.
27 yoshli futbolchi myunxenliklarga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar braziliyalikdan bu o‘yin uning "Barselona"dagi butun faoliyati davomida eng yaxshisi bo‘lganmi, deb so‘rashdi.
"Barselona"dagi eng yaxshi o‘yinimmi? Eng yaxshilaridan biri. Eng yaxshisi hali oldinda", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.