"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Chempionlar ligasi o‘yinida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyat (1:4) haqida fikr bildirdi.
"Eng yoqimli tuyg‘u emas. Biz g‘alaba uchun kelgandik, ammo 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldik, shuning uchun oldinda juda ko‘p ish bor. Balki oxirida o‘zimizga ishonch yetishmagandir. Biz o‘zimiz xohlagandek bosim qila olmadik, biz xohlagan nazoratga ega bo‘lmadik.
Hisob biroz g‘alati ko‘rinishi mumkin, ammo tan olishimiz kerakki, biz kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Rafinya oqshomni deyarli ajoyib o‘tkazdi, biz esa yaxshi imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdik", dedi Myuller o‘yindan keyingi intervyusida.