"Manchester Yunayted" "Napoli"ning ikki futbolchisiga e’tibor qaratmoqda.
TuttomercatoWeb xabariga ko‘ra, ingliz klubi skautlari "Napoli"ga qarshi o‘yinda (1:0) vinger Xvicha Kvarasxeliya va himoyachi Alessandro Bondjornoga e’tibor berishgan. Gruziyalik futbolchi penaltidan g‘alaba to‘pini kiritdi.
Bondjorno uchun neapolliklar taxminan 70 million yevro so‘rashlari mumkin. Kvarasxeliyaning potensial qiymati noma’lum - u hozirda italyan klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va yiliga 8 million yevro maosh so‘ramoqda. Ayni damda u mavsumiga 1,8 million yevro maosh oladi.
Agar yangi shartnoma imzolansa, Xvichaning tovon puli taxminan 100 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.