"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford transfer bozorida katta talabga ega, deya xabar beradi Todofichajes.
Angliyalik forvard Yevropaning uchta mashhur klubi manfaatlari doirasida. Gap "Bavariya", "PSJ" va "Marsel" haqida ketmoqda. Markus va "qizil iblislar" o‘rtasidagi shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan. "Qizil iblislar" futbolchini 100 million yevrodan kamiga sotish haqida o‘ylamoqchi emas.
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 26 yoshli hujumchi sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.