«Manchester Yunayted» «Napoli»ning ikki futbolchisiga e’tibor qaratmoqda.
"Tuttomercato" xabariga ko‘ra, ingliz klubi skautlari «Napoli»ning «Empoli»ga qarshi o‘yinida (1:0) vinger Xvicha Kvarasxeliya va himoyachi Alessandro Buonjornoni kuzatishgan. Gruziyalik futbolchi penaltidan g‘alaba to‘pini kiritdi.
Buonjorno uchun neapolliklar taxminan 70 million yevro so‘rashlari mumkin. Kvarasxeliyaning potensial qiymati noma’lum - u hozirda italyan klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va yiliga 8 million yevro maosh so‘ramoqda. Hozir u mavsumda 1,8 million yevro maosh oladi.
Agar yangi shartnoma imzolansa, Xvichaning tovon puli taxminan 100 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.