Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, Italiyaning “Milan” klubi “Bryugge”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va o‘yin davomida klubning 16 yoshli yosh hujumchisi Franchesko Kamarda zaxiradan maydonga tushdi.
Jamoa ustozi Paulo Fonseka uning debyutidan juda mamnun bo‘ldi.
Kamarda hatto gol ham urdi, ammo u bekor qilindi.
"Kamarda shu daqiqalarga munosib edi, VAR golni bekor qilgani juda achinarli. Ishonchim komilki, u kelajakda yana ko‘p gollar uradi, bundan xavotirlanishga hojat yo‘q", - deya Fonsekaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.