SSKA yarim himoyachisi Miralyem Pyanich Rossiya kubogi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan "Axmat" bilan o‘yinda golli uzatma berdi.
Shu tariqa Pyanich SSKA safidagi ilk samarali harakatini amalga oshirdi.
34-daqiqada SSKA hujumchisi Seku Koyta Pyanichning uzatmasidan so‘ng uzoq masofadan zarba yo‘llab, hisobni ochdi.