"Milan" va "Bryugge" jamoalari UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-tur uchrashuvida o‘zaro to‘qnash keldi.
Jamoalar Milandagi "San-Siro" stadionida o‘ynashdi. Uchrashuvni Feliks Svayer (Germaniya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Uchrashuv Italiya klubining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
34-daqiqada milanliklar hujumchisi Kristian Pulishich uchrashuvda hisobni ochdi. 51-daqiqada mehmonlar himoyachisi Kiriani Sabbe muvozanatni tikladi. 40-daqiqada “Bryugge” yarim himoyachisi Rafayel Onyedika qizil kartochka oldi. 61-daqiqada yarim himoyachi Tijani Reynders “Milan”ni yana oldinga olib chiqdi. 71-daqiqada Reynders dubl qayd etdi.