«Real Madrid»ning yangi futbolchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida «Selta»ga qarshi bahsda o‘z jamoadoshi Vinisius Juniorga maslahat berdi. Bu haqda "RMC Sport" xabar bermoqda.
«Sen urishing kerak, sekinlashishing mumkin emas. Agar sustkashlik qilsang, hujumni oxiriga yetkaza olmaysan. Urish kerak», - dedi fransuz o‘yin davomida braziliyalik jamoadoshiga.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv «Qirollik klubi»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga aynan Vinicius va Mbappe mualliflik qildi.