Madridning “Real” klubi himoyachisi Daniel Karvaxal bugun, 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Borussiya Dortmund” bilan Chempionlar ligasi o‘yini oldidan jamoa futbolchilarining mashg‘ulotlarini kuzatdi. Ispaniyalik futbolchi Karlo Anchelotti bilan murabbiylik kursisida o‘tirdi.
"Karvaxal "Real Madrid"da tiklanish jarayonini boshladi", - deyiladi Madrid klubining ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, Dani "Vilyarreal" bilan o‘yin (2:0) yakunida tizzasidan jiddiy jarohat olgandi. Keyinchalik u jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.