Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Aleksandr Zinchenko Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi. Oilasi Radomishlda istiqomat qiluvchi himoyachining so‘zlariga ko‘ra, u Angliyada bo‘lganida ko‘proq foyda keltirmoqda.
"Men bu yerda Ukrainada bo‘lganimdan ko‘ra ko‘proq foyda keltiraman deb o‘ylayman", deydi himoyachi.
2022 yildan beri 26 yoshli futbolchi "Arsenal"da to‘p tepmoqda.