"Arsenal" daromadni oshirish uchun o‘z stadionini kengaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ayni damda klubning uy stadioni ("Emireyts") sig‘imi bo‘yicha Angliyada oltinchi va Premyer-ligada beshinchi o‘rinda - 60 704 o‘rindiq.
"Manchester Yunayted" (74 197), "Tottenxem" (62 850), "Vest Xem" (62 500) va "Liverpul" (61 276), shuningdek, "Uembli" (90 000) stadionlari "kanonirlar"ning uy arenasidan ko‘proq tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
O‘tgan mavsumda "Arsenal"ning uy uchrashuvlaridagi daromadi 120 million funtdan oshgandi.
Shu bilan birga, 2022/23 yilgi mavsumda klubning xuddi shu resursdan daromadi 102,6 million funtni tashkil qilgan.
Times ta’kidlaganidek, "Arsenal" rekonstruksiya qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, chunki maydon balandligini pasaytirishning texnik imkoniyati deyarli yo‘q - bu muxlislarning ko‘rish imkoniyatiga ta’sir qiladi.