"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde "Sevilya"ga qarshi o‘yinda (5:1) jamoa safidagi 100-o‘yinida ishtirok etdi. U bu natijaga erishgan 8-fransuz bo‘ldi.
Undan avval Erik Abidal (193 ta o‘yin), Usmon Dembele (185), Kleman Langle (160), Samuel Umtiti (133), Lyudovik Jyuli (124), Tyerri Anri (121) va Antuan Grizmanni (102) bu marraga yetishgan.
Kunde 2022 yil 28 avgust kuni "ko‘k-anorranglilar" safida debyut qilgandi.