"Shaxtyor" bosh murabbiyi Marino Pushich "Arsenal" bilan Chempionlar ligasi o‘yini oldidan jamoaning qiyin yo‘li haqida gapirdi.
“Men buni muammo deb ham aytmagan bo‘lardim. Umuman olganda, afsuski, biz doim mehmonda o‘ynaymiz. Ha, bizning sayohatimiz 13 soat davom etdi va bu juda qiyin sayohat edi. Bu juda ko‘p vaqt va kuch talab qiladi.
Lekin, shu bilan birga, biz juda motivasiyalanganmiz va psixologik jihatdan yaxshi tayyorlanamiz. Men buni sizga shikoyat qilish uchun aytmayapman. Bu biz har safar duch keladigan narsa. Balki biz shunday sharoitda bu darajadagi yagona klubdirmiz. Albatta, bu holatimizni qiyinlashtirmoqda, lekin biz bu yerga arz qilish uchun emas, raqobat qilish uchun kelganmiz", - dedi Pushich o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.