"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turida PSV bilan bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.
"Bizni qiyin uchrashuv kutmoqda. Bu shunday turnirki, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi juda muhim bo‘ladi. Raqibning saviyasini baholash oson emas. Uyda yoki mehmonda o‘ynayapsizmi, bunga ham qarashingiz kerak, bu hamma narsani o‘zgartiradi. Shubhasiz, ular juda yuqori saviyali raqib. Ular chempionatda kuchli va aql bovar qilmaydigan statistikaga ega. Raqib yuqorida o‘ynashadi, ko‘p pressing qilishadi. Ular yaxshi himoyalanishni ham bilishadi", - deya Enrikening so‘zlarini keltiradi "PSJ" rasmiy sayti.
Uchrashuv 22 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.