Saudiya Arabistoni rasmiylari "Nyukasl"ni sotib olish kelishuvida ishtirok etgan.
Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi (PIF) klubni 2021 yilda 305 million funt sterlingga sotib olgan. Premyer-liga mamlakat rasmiylari "Nyukasl"ni nazorat qilmasligi haqida qonuniy kafolat olgandan keyingina kelishuvni ma’qulladi.
"Nyukasl"ning sobiq egasi Amanda Stavelining messenjeridagi yozishmalari internetga tarqaldi - uning mazmunidan ko‘rinib turibdiki, klubni egallash bo‘yicha kelishuv Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud tomonidan ma’qullangan bo‘lishi mumkin.
The Guardian nashrining xabar berishicha, Premyer-liga kelishuvning qonuniyligini ko‘rib chiqish uchun asos ko‘rmayapti. Shu bilan birga, liga o‘z qarorining oqibatlariga oydinlik kiritish uchun hakamlik komissiyasiga murojaat qildi.