Hujumkor yarim himoyachi Jamol Musiala ko‘pincha transfer haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ladi. Gap shundaki, ko‘plab klublar o‘z saflarida yosh va istiqbolli futbolchini ko‘rmoqchi. Shu bilan birga, "Bavariya" Musialaga yangi mehnat shartnomasi taklif qilyapti.
German Sky xabariga ko‘ra, Musiala shartnomasini 2029 yil yoki 2030 yilning o‘rtalarigacha uzaytirishiga to‘liq asoslar bor.
Jamol Musiala “Bavariya”ning asosiy jamoasi safida jami 171 ta o‘yin o‘tkazib, 46 ta gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.