Jerar Pike Shakira bilan ajrashish haqida gapirdi.
Shakira va Pike 12 yillik munosabatlardan keyin 2022 yilning yozida ajralishdi. Ma’lum bo‘lishicha, sobiq futbolchi xonandani aldagan.
"Ko‘p narsalar haqiqatda sodir bo‘lganidan boshqacha aytiladi. Men buni nazorat qila olmayman, lekin eng yaxshisi, hozir meni yaqinlarim, oilam, do‘stlarim, meni chinakam taniydigan insonlar qurshovida, qanday inson ekanligimni bilishadi va bu menga xotirjamlik bag‘ishlaydi.
Har kimning o‘z nuqtai nazari borligini tushunaman. Meni tanimaydigan ko‘p odamlar men haqimda taxmin qilishadi. Bizda so‘z erkinligi bor", dedi “Barselona”ning sobiq himoyachisi.