Sayyoramizdagi barcha sport muxlislarining nigohi yana mamlakatimizda. Bugundan diyorimiz birinchi bor futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladigan bellashuvlarda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi bosh sovrin uchun kurash olib boradi.
Bugun «A» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi mazkur mundialdagi o‘z ishtirokini boshlaydi. 20:00 da start oladigan o‘yinda hamyurtlarimiz Niderlandiyaga qarshi bahs olib borishadi. FIFA shafe’ligida Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilayotgan jahon chempionatida yigitlarimizga omad tilaymiz!
Futzal bo‘yicha jahon championati
O‘zbekiston – Niderlandiya
14 sentyabr | 20:00
«Humo arena» majmuasi