Venesuela sport vaziri Arnaldo Xavyer Sanches Peres Rossiya terma jamoasiga qarshi ehtimoliy o‘rtoqlik o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Rossiya bilan sport sohasida hamkorlik shartnomasi Venesuelaga yuborildi. Agar ijobiy qaror qabul qilinsa, biz Rossiya terma jamoasi bilan o‘yin taklifini ko‘rib chiqmoqchimiz", - dedi sport vaziri.