Milanning “Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martines klub rekordchisiga aylandi.
Argentinalik futbolchi A Seriyaning kechagi “Roma”ga qarshi o‘yinining 60-daqiqasida gol urdi. Hozirda 27 yoshli forvard “neradzurrilar” safida barcha musobaqalarda 133 ta gol urgan.
Futbolchi bu orqali xorijliklar o‘rtasida klub rekordini takrorladi, bu avval faqat Ishtvan Nyershga tegishli edi, deb xabar beradi Opta.
Lautaro Martines 2018 yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.