"Boxum" bosh murabbiyini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi.
Peter Zaydler qoniqarsiz natijalar tufayli lavozimidan ozod etildi. Sport direktori Mark Lettau ham o‘z lavozimini tark etdi.
7 turdan keyin jamoa Bundesliga turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda. Klub bor-yo‘g‘i bitta ochkoni qo‘lga kiritdi.
"Bohum" ketma-ket to‘rtinchi mavsum Bundesligada ishtirok etmoqda. U o‘tgan chempionatni 16-o‘rinda yakunladi va o‘tish o‘yinlarida "Fortuna" ustidan penaltilar seriyasidagi g‘alaba evaziga diviziondagi o‘rnini saqlab qoldi.