Garsiya Pimyenta "Sevilya"ning "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyati (1:5) haqida gapirdi.
"Biz bu yerga katta umidlar bilan kelgandik va o‘ylaymanki, penaltigacha hammasi biz xohlagandek bo‘ldi. Qarshi hujumda bir nechta qulay vaziyatlarga ega bo‘ldik.
0:1 dan keyin ular bizdan butunlay ustun bo‘lishdi. Tanaffusgacha 0:3 hisobi qayd etilib, o‘yin yakunlandi. Ikkinchi bo‘limga ko‘proq gol o‘tkazib yubormaslik maqsadi bilan chiqdik. Birinchi bo‘limda o‘yin allaqachon yakunlangandi", - dedi "Sevilya" bosh murabbiyi.