Turkiya chempionati 9-turida «Sivasspor» o‘z maydonida «Xatayspor»ni qabul qilib, 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Hamyurtimiz Aziz Turg‘unboyev dastlab zaxirada qolgandi. 10-daqiqada u jarohat olgan Aleks Pritchard o‘rniga maydonga tushdi va jamoasining birinchi va uchinchi goliga assistentlik qildi.