Ser Aleks Fergyuson "Aberdin"ni "Manchester Yunayted"dan ustun qo‘ygan.
Xabar qilinishicha, shotlandiyalik murabbiyni "Seltik Park"da "Seltik"ning "Aberdin"ga (2:2) qarshi o‘yinidan oldin ko‘rishgan, bu esa televizorda ko‘rsatilmagan.
Shuningdek, kecha "Manchester Yunayted" APLning 8-turi doirasida o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qildi (2:1). Tabiiyki, bu o‘yinga Fergyuson tashrif buyurmagan.
Oldinroq "mankunianliklar" xarajatlarni kamaytirish maqsadida sobiq murabbiyga klub elchisi sifatida ishlagani uchun maosh to‘lashni to‘xtatgani ma’lum bo‘lgandi.