Portugaliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh yaqin vaqt ichida ingliz grandini tark etishi mumkin.
Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, yulduz futbolchining xizmatlariga Yevropaning ikki super klubi qiziqish bildirmoqda.
Gap “Barselona” va “Bavariya” haqida ketmoqda. Bruno 2020 yilning yanvaridan buyon “qizil iblislar” futbolchisi hisoblanadi.
Portugaliyalik va "mankunianliklar" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi. Futbolchining transfer qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.