"Milan" jamoasi ustozi Paulo Fonseka "Udineze"ga qarshi o‘yinda Rafael Leauni maydonga tushirmaslik qarori haqida gapirdi.
"Leauni maydonda ko‘rmaslik siz uchun g‘alati tuyulishi mumkin, ammo bu g‘ayritabiiy narsa bo‘lmasligi kerak.
Men uchun bu oddiy holat, chunki har doim aytganimdek jamoa manfaati birinchi o‘rinda turadi. "Milanning g‘alabasi individual ijrochilarning xarakteridan ko‘ra muhimroq", - deya Fonsekaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.