“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri hozir tayyorgarlik jarayonlarida duch kelayotgan kutilmagan qiyinchiliklar haqida gapirdi.
Emerining so‘zlariga ko‘ra, gap yorug‘lik bilan bog‘liq muammolar haqida ketmoqda - Angliyada erta qorong‘i tushadi.
"Boshqa davlatda hamma narsa boshqacha, ish boshqa, taom boshqa. Angliyada tushdan keyin mashg‘ulot o‘tkazish qiyin, tez qorong‘i tushadi, o‘quv bazamiz zarur yoritish uskunalari bilan jihozlanmagan. Men uning o‘rnatilishini juda xohlayman, biz Chempionlar ligasida o‘ynayapmiz va biz ko‘proq mashq qilishimiz kerak", - deya Emeri so‘zlarini keltiradi Ispaniyaning TVE telekanali.
Emeri 2022 yilning kuzida “Aston Villa”ni qabul qilib olgandi.