"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska zamonaviy futbolda to‘psiz ishlash muhimligi haqida gapirdi.
Italiyalik murabbiy himoyada jamoasining barcha hujumkor futbolchilaridan maksimal darajada fidoyilik kutishini tan oldi.
"Futbolda faqat iste’dod yetarli deb o‘ylamayman. Yana bir narsa kerak. Hozir men nafaqat Palmer haqida, balki barcha hujumkor futbolchilarimiz haqida gapiryapman. Madueke kerak bo‘lganda ortga qaytib harakatlanayotganini ko‘rasiz.
Aynan shu narsa bizga kerak - Netu, Feliks, Nkunku, Mudrik, Sancho. Hozir futbolda to‘p bilan yaxshi muomala qilishning o‘zi yetarli emas - u bilan ham, usiz ham ishlay olish kerak", - deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi PA Sport.