"Shtutgart"ga qarshi o‘yinda Aleksandr Pavlovichning yoqa suyagi singan.
Bundesliganing 7-turidan o‘rin olgan bahsda "Bavariya" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Myunxen klubining 20 yoshli yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich 8-daqiqada “Shtutgart” yarim himoyachisi Fabian Rider bilan to‘qnashuvda muvaffaqiyatsiz yiqildi va keyinchalik maydonni tark etdi.
“Uning yoqa suyagi singanga o‘xshaydi. Bu juda jiddiy”, - deydi “Bavariya” direktori Maks Eberl.
Shuningdek, Pavlovichga tiklanish uchun 6 haftagacha vaqt kerak bo‘lishi aytilmoqda.