"Barsa" Assambleyasi o‘tgan mavsum uchun moliyaviy hisobotni tasdiqladi.
Unda jami 91 million yevro zarar ko‘rilgan. 452 a’zo ma’qullash uchun, 156 a’zo qarshi ovoz berdi.
Xabar qilinishicha, prezident Joan Laportaga qarshi chiqqan "Barsa" a’zolari taqdim etilgan ma’lumotlarga rozi emaslar.
Ular assambleya ishtirokchilarini hisobotni tasdiqlamaslikka chaqirishdi, chunki haqiqiy yo‘qotish bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, klub balansidagi yo‘qotishlarga “Barca Vision”ning 49 foiz aksiyalari xaridorlaridan qarzdorlik sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng, keyingi mavsum uchun byudjet loyihasi ovozga qo‘yildi. U 409 ta ovoz, 75 ta qarshi ovoz bilan ma’qullandi.