Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda. Bugun, 11 sentyabr kuni Liviya milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi, deya xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.
O‘FA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari Liviya milliy terma jamoasi delegasiyasini kutib oldi hamda odatga ko‘ra mehmonlarga esdalik sovg‘asi sifatida milliy do‘ppimiz sovg‘a qilindi.