Xans-Diter Flik Lamin Yamalning bo‘lajak «Barselona» o‘yinlariga tayyorgarligini baholadi.
17 yoshli vinger Millatlar ligasi doirasida Daniya bilan o‘yinda son mushaklari zo‘riqib qolgani sababli Ispaniya terma jamoasini erta tark etdi.
“Biz buni bosqichma-bosqich olib boramiz. Ertaga «Sevilya»ga qarshi o‘ynaymiz va eng yaxshi o‘n bir futbolchi maydonga tushadi.
Yamal yaxshi edi. Ispaniya terma jamoasi murabbiyiga rahmat aytaman, u bizga yordam berdi. Lamin o‘ynashga tayyor», dedi «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.