"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish eng qiyin raqibini aytdi.
"Eng qiyin raqib? Kayl Uoker. U aql bovar qilmas himoyachi - tez va kuchli. Birga bir vaziyatda uni aldab o‘tish juda qiyin.
Aaron Van-Bissaka? Ha, men uni kuchli uchlikka kiritgan bo‘lardim. U yakkama-yakka o‘yinda juda yaxshi.
Karvaxal? Biz bir-birimizga qarshi ko‘p marta o‘ynadik, u bilan ham yaxshi xotiralar qolgan. Uning karyerasi o‘zi haqida gapiradi - bu aql bovar qilmas o‘yinchi", dedi Grilish.