«Atletiko» 2025 yilning yozida «Real» darvozaboni Andrey Luninni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.
«Matraschilar» jamoasining asosiy darvozaboni Yan Oblak katta ehtimol bilan mavsum yakunlanganidan keyin Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tadi, shu bois jamoa 31 yoshli sloveniyalik futbolchiga o‘rinbosar qidirishni boshladi. Avvalroq, «Atletiko» «Real» bilan shartnomasi tugaganidan keyin Andrey Luninni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgandi.
13 sentyabr kuni Lunin «Los-Blankos» bilan kelishuvni uzaytirdi va bu transferni imkonsiz qildi, chunki Madrid o‘z raqibini kuchaytirishni istamaydi. Shunga qaramay, agar Tibo Kurtua barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushsa, Andrey «Real»ni tark etishi mumkin.
Joriy mavsumda 25 yoshli ukrainalik 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.