Anchelotti: "Ertami-kechmi Mbappe o‘zini ko‘rsatadi"
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Kilian Mbappening holati haqida gapirdi.
"Mbappening ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar bormi? Qanday ahmoqona savol! Men bunday deb o‘ylamayman.
Men uni baxtli ko‘raman, u bu yerda ekanligidan xursand. Bu mavzudagi taxminlar menga juda xunuk tuyuladi.
Har bir hujumchi yomon seriyaga ega bo‘ladi. Gol urolmasa, xafa bo‘lishadi. Ko‘ryapmanki, Mbappe mashg‘ulotlardan xursand va katta motivasiyaga ega.
Salbiy fikrlar ertami-kechmi tugaydi.
Ertaga Mbappe ajoyib o‘yin o‘tkazadi. Ertami-kechmi u o‘zini ko‘rsatadi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.