Kanselu: "Gvardiol dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biridir"
"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Joau Kanselu "shaharliklar"ning hozirgi futbolchisi Joshko Gvardiol haqida gapirdi.
"Joshko Gvardiol dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri va prinsipial jihatdan eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblanadi.
U dunyoning eng kuchli klublaridan birida o‘ynaydi", - deya Kanseludan iqtibos keltiradi City Xtra.
22 yoshli xorvatiyalik joriy mavsumda 18 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.
"Manchester Siti" ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xosep Gvardiola shogirdlarida 11 turdan keyin 23 ochko bor.