«Bayer» hujumchisi safdan chiqdi
«Bayer Leverkuzen» hujumchisi Viktor Bonifaseni 2024 yil oxirigacha yo‘qotdi.
Bu haqda Sky Germany nashri xabar berdi. Manbaning xabariga ko‘ra, hujumchi Nigeriya terma jamoasi safida olgan jarohati sabab maydonga tushmaydi.
Bu Bonifasening joriy yildagi ikkinchi jiddiy jarohati bo‘ldi, chunki u mavsumning ikkinchi yarmining ko‘p qismini yil boshida qo‘shimcha jarohati tufayli o‘tkazib yuborgandi.