Martino: "Bu mening Messi bilan eng yaxshi hamkorligim bo‘ldi"
"Inter Mayami"ni tark etgan murabbiy Xerardo Martino MLSda Lionel Messi bilan ishlash tajribasini muvaffaqiyatli deb hisoblaydi.
Argentinalik mutaxassisning avvalroq "Barselona" (2013-2014) va Argentina terma jamoasida (2014-2016) yulduz forvard bilan yo‘llari kesishgan.
Ikkalasi ham 2023 yilning yozida “Inter Mayami”ga kelishgan.
"Menimcha, bu mening Messi bilan eng yaxshi hamkorligim bo‘ldi – “Barselona” va Argentina terma jamoasidan ham yaxshiroq.
Hozir Leo o‘z faoliyatining shiddatli bosqichida emas, ammo bu bir yarim yil juda ko‘p voqealarga boy bo‘ldi. Ajoyib tajriba olindi", dedi Martino matbuot anjumanida.