"Yuventus" murabbiyini o‘zgartirdi
"Yuventus" Next Gen jamoasi o‘z bosh murabbiyini almashtirdi.
Paolo Montero Turin o‘rinbosarlari jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatildi.
Urugvaylik mutaxassis ikki yil davomida yoshlar bilan ishladi, "Yuventus"ning 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarini boshqardi, keyin esa 23 yoshgacha bo‘lganlarni 2023/24 yilgi mavsumning yakuniy qismiga olib chiqdi.
Klub uning o‘rniga Massimo Brambilla kelishini e’lon qildi. 51 yoshli mutaxassis bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolangan.
Italiyalik mutaxassis 2022 yildan 2024 yilning yozigacha Next Gen jamoasini boshqargan, C seriyadagi birinchi mavsumida Italiya kubogi finaliga chiqqan, shuningdek, o‘tgan yili pley-off bosqichiga yo‘llanma olgan.